Hordiq — samarali mehnat garovi!
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi va Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlarning salomatligini mustahkamlash, dam olish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida qator tadbirlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi hamda “Buxoro neft bazasi” ishchi-xodimlari uchun “Beruniy” va “Temur avlodlari” oromgohlari, “Miraki” sanatoriyasida sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi.
Ushbu tadbirlar doirasida Shahrisabz shahri va Mingchinor tog‘lariga sayohatlar uyushtirilib, tabiat qo‘ynida maroqli dam olish imkoni yaratildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Jamiyat markaziy apparati xodimlari Buxoro va Farg‘ona viloyatlariga sayohatga yuborildi. Xodimlar Buxorodagi "Sayyid Amir Kulol", "Hazrat Xoja Bahouddin Naqshband" ziyoratgohlari, "Sitorai Mohi Xossa" ansambli, "Ark" qal’a majmuasi hamda Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlaridagi tarixiy ob’yektlarga tashriflar amalga oshirildi.