September 19
“Chinobod neft bazasi”da yong‘inga qarshi o‘quv mashqi o‘tkazildi
Mashq davomida obyekt boshqaruv organi va fuqaro muhofazasi tuzilmalari yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatni modellashtirib, favqulodda holatning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘z harakatlarini namoyish etdi.
Jarayonda FVX xizmatlari, tez tibbiy yordam hamda baza ishchi-xodimlari o‘zaro hamkorlikda harakat qildi.
Mashqning asosiy maqsadi — favqulodda holatlarda tezkor va hamohang harakat qilish, xodimlarning xavfsizlik ko‘nikmalarini mustahkamlash va amaliy tayyorgarlikni oshirishdan iborat.
Bunday o‘quv mashqlari ob’yektlarda xavfsizlik darajasini oshirish, xodimlar va aholi sog‘ligi hamda hayotini muhofaza qilishga xizmat qiladi.
September 19, 04:48
0 views
0 reposts