«Leadership» o‘quv-seminariga start berildi
Xabaringiz bor, “O‘zbekneftgaz” AJ va Malayziyaning nufuzli "PETRONAS" texnologiya universiteti (UTP) o‘rtasida kadrlar tayyorlash yuzasidan maxsus o‘quv dasturini amalga oshirish bo‘yicha Kelishuv imzolangan edi.
O‘quv-seminar dasturi 5ta moduldan iborat bo‘lib, Xiva (16-19 iyun), Buxoro (30 iyun – 3 iyul), Samarqand (14-17 iyul) shaharlari hamda Malayziyada (28 iyul - 2 avgust) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bugun Xiva shahrida «Leadership» dasturi doirasida tashkil etilgan o‘quv-seminarning 1-moduliga start berildi.
Unda Jamiyatning 40ga yaqin rahbar xodimi qatnashmoqda. Bu tashabbus ularning liderlik mahoratini oshirish, jamoa bilan samarali ishlash, tezkor qaror qabul qilish, kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, kreativlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish hamda sohaga tadbiq etishga xizmat qiladi.