June 13

O‘quv-seminar – muloqot va ishonch maydoni

Ruscha

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida "Sanoatning media bilan aloqasi: ochiqlik, ekologik mas’uliyat" mavzusida jurnalistlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirdan maqsad jurnalistlarni soha haqidagi bilimlarini boyitish, neft va gaz mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlardan xabardorligini oshirish, jurnalistlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Seminarda texnologik jarayonlar va qurilmalarning markazlashgan boshqaruv tizimi, bo‘linmalar faoliyati hamda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Bu, o‘z navbatida, jurnalistlarga axborotni chuqur tahlil qilish, soha haqida xolis, muvozanatli va manbaga asoslangan material tayyorlashlari uchun zamin yaratadi.

Ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik nazorat, filtratsiya, chiqindilarni qayta ishlash, energiya tejamkor texnologiyalar qo‘llanishi kabi masalalarga doir ma’lumotlar OAV vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda shuningdek, OAV vakillariga zavod Matbuot xizmati faoliyati ham tanishtirildi. OAV va sanoat o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr almashildi. Ma’lumotlarni to‘g‘ri, aniq va tezkor taqdim etish — nafaqat tashkilot uchun, balki jamoatchilikning ishonchini mustahkamlash uchun muhim omil ekani ta’kidlandi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati