“GTL” naftasi eksporti bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
“Uzbekistan GTL” MCHJ tomonidan 300 ming tonna “GTL” nafta mahsulotini “FCA Free Carrier” (Incoterms 2020) shartlari asosida eksport qilish uchun saralash tanlovi e’lon qilindi.
Talabgorlar eksport uchun sotib olgan mahsulotni 2024 yil mart oyidan dekabrgacha temir yo‘l sisternalarida jo‘natish yo‘li bilan, yetkazib berish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Narxlar diapazoni “S&P Global Platts”da “European products ($/mt), Mediterranean, (code PAAAI00), FOB (Italy), Middle price” sarlavhasi ostida Mahsulot yetkazib berilgan kuni e’lon qilingan kunlik “Naphtha” kotirovkasi va differensial (ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin) summasiga asoslanadi.
Takliflar 2024 yil 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 15.00 (GMT +5)gacha O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 7-B uyga shaxsan yetkazilishi kerak.
Har bir ishtirokchi faqat bitta taklifni taqdim etishi mumkin.
Tanlov hujjatlarining to‘liq ro‘yxatini olish uchun [email protected] elektron manziliga so‘rov yuborishingiz so‘raladi.
“Uzbekistan GTL” zavodi 2024 yilda 1 million tonnadan ortiq ekologik toza sintetik mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
E’lon qilingan saralash tanlovi doirasida “GTL” nafta mahsulotini eksportga yetkazib berish hech qanday cheklovlarsiz barcha iste’molchilar uchun ichki nafta bilan uzluksiz ta’minlash ustuvorligini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.