O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yildi
21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan poytaxtdagi Adiblar xiyobonida bayram tabdiri bo‘lib o‘tmoqda.
Erta tongdanoq yurtdoshlarimiz, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari mazkur maskanga tashrif buyurib, ona tilimizga hurmat va muhabbat tuyg‘usini ifoda etmoqdalar.
Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, vazirlik va idoralar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular orasida "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida jahon madaniyati va ilm-fanida chuqur iz qoldirgan buyuk mutafakkir, ona tilimizning asoschisi, ulug‘ shoir Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.
Bu xayrli an’ana ona tilimizni ulug‘lash, uning ma’naviy qudrati va jahon miqyosidagi nufuzini yanada oshirish yo‘lidagi sadoqat ramzi bo‘lib xizmat qilmoqda.