Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamentiga 1-toifali mutaxassis – FrontEnd dasturchi (ReactJS va Flutter Multi-Platform) lavozimga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar:
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (diplom mutaxassisligi bo‘yicha: Dasturiy injiniring, Muhandislik va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, Tizimli va amaliy dasturlash, Axborot tizimlarining dasturiy ta’minoti, Axborot tizimlari va texnologiyalari, Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot tizimlari, Hisoblash mashinalari, tizimlari va tarmoqlari, Amaliy informatika, Algoritmlash va matematik modellashtirish va boshqa sohaga oid yo‘nalishlar).
• O‘zbek tili og‘zaki va yozma nutq erkin, rus va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi.
• FrontEnd dasturlash yo‘nalishida (React, Flutter) freymvorklari sertifikatini bo‘lishi maqsadga muvofiq:
• FrontEnd dasturlashdagi tajriba, amalga oshirilgan ishlarini ko‘rsatuvchi source code va ekran lavhalarini github.com platformasiga joylab, ma’lumotnoma (ob’yektivka) ning so‘nggi sahifasida havola kiritilishi talab etiladi.
• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish sohalarda ko‘proq ishlagan bo‘lishi lozim.
• “Clean code” kodlarni yozish qobiliyatiga ega bo‘lish va dasturlash tamoyillarini bilishi, mavjud kodlarni qayta ishlash va optimallashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lish;
• REST API va Veb xizmatlari bilan bevosita ishlash, interfeysdan ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish;
• JavaScript, Dart tili asoslarini mukammal bilish, tizimlar arxitekturasini, (Flutter, ReactJS komponentlar tarkibi va tuzilishini ishlab chiqish;
• Flutter, ReactJS freymvorklarida veb ilova ishlab chiqishni loyihalashtirish va realizatsiya qili olish;
• HTML5 i CSS3 bilan (SASS, adaptiv verstka va krossbrauzer rejimini joriy etish) dasturi interfeyslarini ishlab chiqish;
• texnik hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
• kompaniyalarda ishlash tajribasi (startap)bazaviy algoritmlar, ma’lumotlar tuzilmalari, FrontEnd dasturlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;
• boshqa dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy kodlarni tushunish qobiliyati;
• Flutter, ReactJS freymvorklarida yordamida FrontEnd dasturiy qatlamni ishlab chiqish tajribasi;
• Relyasion ma’lumotlar bazalari bilan ishlash tajribasi (PostgreSQL yoki MSSQL, SQLite);
• Versiyani boshqarish tizimi bilan ishlash tajribasi (Git/SVN, GitHub);
• Muhandislik, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasida veb ilova dasturlari va tizimlarni ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Nomzodlar 2024 yil 16 dekabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu havolaga kirib to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.