April 8

“O‘zbekneftgaz” korrupsiyaga qarshi kurashish reytingida top beshlikda

Ruscha

Korrupsiyaga qarshi kurashish agenligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo‘yicha reyting natijalari e’lon qilindi.

Joriy yil 103 ta davlat tashkilotining 2024 yildagi faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi. Shundan 14 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 89 tasi esa takroran baholandi.

Natijalarga ko‘ra, 41 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 53 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 9 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifaga ajratildi.

Quvonarlisi, baholash natijalariga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ “yaxshi” deb topilgan davlat tashkilotlari ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egalladi.

Agentlik xulosasida baholash yakunlari bo‘yicha “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati