March 19

Tungi maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti

Ruscha

Joriy yilning 15 martdan 15 aprel kuniga qadar “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi zavod, boshqarma va korxonalarda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Qarshi neft bazasi” MCHJda Jamiyat mutaxassislari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarma xodimlari bilan hamkorlikda tungi maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Unda ob’yekt rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy Gvardiya, Yo‘l xarakati xavfsizligi, Tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirok etdi.

Bu kabi amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, ob’yektlarda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qutqarish va boshqa shoshilinch ishlarni tashkil etish holatini nazorat qilishdan iborat.

Tadbirda shartli ravshda, zilziladan so‘ng yoqilg‘i quvurlari va sig‘imlarda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatida favqulodda vaziyatlar yuzaga keltirildi. Sodir bo‘lgan xavfni bartaraf etish uchun jalb etilgan kuch va vositalarni mashg‘ulot o‘chog‘iga to‘g‘ri yo‘naltirish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish harakatlari amalga oshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook