Mavsumga tayyorgarlik davom etmoqda
“O‘zbekneftgaz” AJ ishchi guruhi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida amalga oshirilayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
O‘rganishlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar boshqarmaga qarashli 8 ta texnologik qurilma mukammal va joriy ta’mirlandi. 4 ta bug‘ qozoni va 4 ta AVR qurilmasining ishchi holati tekshirildi. 1 835 m issiqlik tarmog‘larida ta’mirlash va izolyatsiya qilish ishlari amalga oshirilib, 1 870 m suv tarmoqlari joriy ta’mirlandi.
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari, xususan 15 ta gaz haydash agregatida reglament ishlari bajarilib, 4 ta Propan-butan ajratish qurilmasi ta’mirlandi.
Shuningdek, Shurtan konida yangi qurib bitqazilgan 11-sonli kichik kompressor stansiyasini ishga tushirish ishlari Xitoylik mutaxassislar bilan birgalikda olib borilmoqda, bu oʻz navbatida kuz qish davrida tabiiy gazni barqaror yetkazib berishni taʼminlaydi.
Mas’ullarga barcha ishlar 1 oktyabrga qadar yakunlanib, mavsumga tayyorlik pasporti taqdim etilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.