“United Energy Group” bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va “United Energy Group”ning Markaziy Osiyo bo‘yicha departamenti rahbari Fauzan Iqbol o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda uglevodorod zaxiralarini qazib chiqarish qiyin bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar bu borada ishlarni rivojlantirish muhimligi, shuningdek, uglevodorodlarni qazib olish samaradorligini oshirishga qaratilgan kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olish zarurligini ta’kidladilar.
Uchrashuvda uglevodorodlarni qazib olish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va innovasion yechimlar sohasida hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashishga kelishib olindi.
Ushbu muloqot tomonlarning sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, uglevodorod resurslarini o‘zlashtirish va qazib olish sohasida faol va samarali hamkorlikni davom ettirishni tasdiqladi.