February 28

Jamiyatga qarashli neft va gaz korxonalarida Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilinmoqda

Ruscha

Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli korxonalarda Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi hamda kasaba uyushmalari tashkilotlarining hisobot saylov konferensiyalari bo‘lib o‘tmoqda.

Ularda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, HR departamenti ma’sullari hamda bo‘linmalardan saylangan delegatlar ishtirok etyapti.

Jamoa shartnomalariga kiritilgan imtiyozlarning o‘tgan yildagi ijrosi bo‘yicha hisobotlarda asosiy e’tibor mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlashga, jumladan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ommaviy sport turlariga jalb etish, sanatoriylarda salomatliklarini tiklash, yurtimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil etish, ko‘makka muxtoj, kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilgan yordamlar va ularning ijrosiga qaratildi.

Kelgusida rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tashkilotlarning Jamoa shartnomasiga taklif etilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar muhokama qilindi.

Shuningdek boshqarma va korxonalar kasaba uyushma qo‘mitalari tarkibi va uning raisi, taftish komissiyalari hamda "O‘zbekneftgaz" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotining konferensiyasiga delegatlar saylandi. Bu kabi tadbirlar aprel oyiga qadar davom etadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook