December 26, 2024

Mutaxassislar gaz turbinali dvigatellarning kapital ta’mirdan keyingi sinov ishlarida qatnashmoqda

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan siquv kompressor stansiyalarining barqarorligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining siquv kompressor stansiyasidagi 2 ta AI-336-2-8 rusumli gazturbinali dvigateli shartnoma asosida Rossiyaning Moskva shahridagi “GT injiniring” MCHJ kompaniyasiga kapital ta’mirlashga yuborilgan edi.

Mutaxassislar ta’mirdan so‘nggi maxsus sinov ishlarida qatnashish va dvigatellarni qabul qilib olish maqsadida Moskva shahridagi “Gorizont” zavodiga yetib bordilar.

Gazturbinali dvigatelni kapital ta’mirlash vaqtidagi texnik jihatdan murakkab bo‘lgan tekshirish, hisoblash, yig‘ish, sozlash jarayonlarida qatnashib, xorijiy mutaxassislar bilan o‘zaro tajriba almashdilar. Ayni paytda dvigatellarning kapital ta’mirdan keyingi ishchi texnik ko‘rsatkichlari tekshirilmoqda.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook