November 17

“O‘zbekneftgaz” AJ yoshlari ishlab chiqarish maydonlarida

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning yosh mutaxassislari uchun ishchi ekskursiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu voqea nafaqat zavodning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish, balki zavodning yoshlar bilan ishlash sohasidagi siyosatining yorqin namunasi bo‘ldi.

Yoshlarga neftni qayta ishlashdan, to mahsulotlarni yuklash jarayonlarigacha ko‘rish imkoniyati yaratildi. Zavod mutaxassislari har bir bosqich haqida batafsil ma’lumot berishdi. Kasbiy rivojlanishning ahamiyati va BNQIZda yosh kadrlarning o‘rni mavzulari muhokama qilindi.

Ishtirokchilarga zavodda xodimlar malakasini oshirish maqsadida muntazam tashkil etiladigan ustoz-shogird dasturi, kasbiy mahorat musobaqalari, treninglar va ta’lim seminarlari haqida ma’lumot berildi.

“Buxoro NQIZ” MCHJ matbuot xizmati