“O‘zbekneftgaz” AJning mutaxassislari “Siemens Energy” kompaniyasining SGT gazturbinalarini ishlatish va modernizatsiya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada ishtirok etdilar
Siemens Energy — bu dunyodagi yirik energiya texnologiyalari kompaniyalaridan biri bo‘lib, uning bosh ofisi Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan. Kompaniya 2020 yilda “Siemens AG”ning energetika bo‘limi asosida mustaqil kompaniya sifatida tashkil etilgan.
Kompaniyaning asosiy faoliyati elektr energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash uchun texnologiyalar, gazturbinalar, bug‘ turbinalari va generatorlar ishlab chiqarish, kompressorlar va nasoslar hamda har xil sanoat sohalari uchun energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan yechimlar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kompaniya yashil energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, vodorod texnologiyalari va uglerodsizlashtirish loyihalarini amalga oshirishda yetakchi hisoblanadi.
Kompaniya tomonidan bugungi kunda SGT-100, SGT-300, SGT-400 – kichik va o‘rta quvvatdagi sanoat gazturbinalari hamda
SGT-700, SGT-750, SGT-800 – yuqori samaradorlikka ega, keng qo‘llaniladigan gazturbinalar ishlab chiqarilmoqda.
Kompaniya 90 dan ortiq davlatda faoliyat yuritadi, 90 000 dan ziyod xodimga ega bo‘lib, YAIMning katta qismini ekologik toza energiya yechimlariga sarflaydi.
Mutaxassislar Norchopping shahridagi “Siemens Energy” kompaniyasining SGT-100, 300, 400, 700, 750, 800 rusumli gazturbinalari bo‘yicha taqdimotlarda ishtirok etdilar.
Shuningdek, konferensiya davomida “Siemens Energy” kompaniyasining ishlab chiqarish ish faoliyati hamda gazturbinalarni tayyorlash, yig‘ish, sinov ishlari va ta’mirlash jarayonlari bilan tanishildi va mutaxassislari bilan amalga oshirilayotgan ishlar va undagi muammoli masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.
“Siemens Energy” kompaniyasining yo‘nalishlar bo‘yicha raxbarlari va tegishli mutahassislari bilan quyidagi yo‘nalishlarda muzokoralar olib borildi va kelishuvlarga erishildi:
- Uchqir siquv kompressor stansiyasidagi gazturbinalar va kompressorlarda bugungi kunda yuzaga kelayetgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish;
- joriy yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan B-inspeksiya va ta’mirlash ishlarida ishlatishdagi barcha nosozliklarni bartaraf etish;
- ishlatish davomida kuzatiladigan avariya xolatlarda uzoq masofadan turib texnik hizmat ko‘rsatish hizmatini tashkil etish;
- yangi zaxira gazturbinani harid qilishni jadallashtirish;
- ishlatish jarayenlaridagi yoz va qish mavsumida turbinalar quvvati kamayish kuzatilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish takliflari;
- Uchqir stansiyasini kelgusida gaz oshirish sababli, modernizatsiya qilish yeki kengaytirish loyihasini texnik hisoblarini hamkorlikda ishlab chiqish;
- “Betman” va “Kellog” stansiyalari kompressorlarini modernizatsiya qilish, dasturiy ta’minotini yangilash;
- Uchqir stansiyasi boshqaruv dasturiga kirish va hizmat ko‘rsatishni hamkorlikda tashkil etish;
- kichik quvvatdagi dvigatellarni zamonaviy sanoat dvigatellariga almashtirish takliflarini o‘rganish bo‘yicha bir qator muzokoralar o‘tkazildi.