Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi hamda Xitoy Xalq Respublikasining yirik neft-gaz korporatsiyasi “CNPC”ning Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha Bosh direktori Chen Xuaylun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar uglevodorodlarni qidirish, qazib olish va transportirovka qilish bo‘yicha joriy va kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Asosiy e’tibor mavjud qo‘shma korxonalar samaradorligini oshirish, strategik sheriklikni mustahkamlash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashishga qaratildi.
Uchrashuvda, shuningdek, "New Silk Road Oil and Gas" MCHJ QK va "Asia Trans Gas" MCHJ QK qo‘shma korxonalari vakillari ham ishtirok etib, joriy faoliyat natijalari va istiqbolli tashabbuslarni taqdim etdilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.