Yoshlar bilan ishlash komissiyasi raislari uchun malaka oshirish kursi o‘tkazildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish institutida Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari yoshlar bilan ishlash komissiyasi raislari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi. Unda turli mavzularda ma'ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va ko‘nikmalar o‘tkazildi.
Ma'ruzalarda yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturini ta'minlash, yosh rahbarlar axloqi va boshqaruv ma'daniyati, shuningdek, O‘zbekiston–2030 strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, ishchi huquqlarini himoya qilish, mehnatni muhofaza qilishning me'yor va qoidalariga rioya etishda kasaba uyushmalarining rolini ko‘rib chiqishga alohida e'tibor qaratildi.
Kurs ishtirokchilariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining integrallashgan axborot tizimini joriy etish, kasaba uyushmasi tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, korporativ volonterlik va motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim ko‘nikmalar hamda ish usullari o‘rgatildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida o‘zaro faoliyatni shakllantirish, jamoa shartnomalarini tashkil qilish va ijtimoiy sheriklik aloqalarini mustahkamlash borasida tajriba almashish imkoniyatlari yaratildi.
Kurs ishtirokchilari Olimpiya shon-shuhrati muzeyi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi. Shuningdek, milliy kino san'ati saroyida “Bahodir Yalangtosh” filmini tamosha qilishdi.
O‘quv dasturi yakunida test sinovlari o‘tkazilib, kursni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.