February 5

Iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlash samaradorligi oshirilmoqda  

Ruscha

Ma’lumki, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan yetkazib beriladigan tozalangan tabiiy gaz iste’molchilarga (“O‘ztransgaz” AJ, "Uzbekistan GTL" MCHJ) Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hududida joylashgan o‘lchov uzeli orqali amalga oshiriladi.

Majmua yillik reja asosida ta’mirlashga to‘xtatilganida, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi konlaridan qazib olinadigan tozalangan tabiiy gaz 33 km lik quvur orqali iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berilar edi. Bu jarayonda magistral quvurdagi mexanik qurum va ortiqcha birikmalarning gaz tarkibida texnologik qurilmalariga kirib borish ehtimoli yuqori.

Shu sababdan majmua tomonidan iste’molchilarga sifatli va uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish samaradorligini oshirish maqsadida 33 km lik quvurning boshlanish qismiga diametri 406 mm, umumiy uzunligi 72 metr bo‘lgan aylanma quvur tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu quvur majmua ta’mirlashga to‘xtagan davrda ham gazni sifatli yetkazib berish jarayonini barqaror tashkil etishga xizmat qiladi. Ayni paytda aylanma quvurni tortish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook