December 4, 2024

Yong‘inni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Ruscha

Qish faslida havoning sovushi natijasida isitish moslamalariga ehtiyoj oshadi. Shu boisdan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ham yong‘in va baxtsiz hodisalar oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Zavod ishchi-xodimlariga yong‘inga qarshi kurashish vositalaridan foydalanish qoidalari, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Asosiy ishlab chiqarish, temir yo‘l bo‘linmasi va tibbiy-sanitariya qismida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, yuzaga kelgan yong‘in paytida ko‘rilishi kerak bo‘lgan tezkor choralar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berildi.

Ushbu tadbirlar Jamiyat tizim korxonalarida joriy yilning 15 dekabriga qadar davom etadi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook