Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
“O‘zbekneftgaz” AJ va "Cert Academy" o‘rtasida xalqaro "ISO 37001:2025" – Korrupsiyaga qarshi kurashish standarti doirasida o‘quv dasturlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda xodimlar malakasini oshirish, komplayens siyosatini kuchaytirish hamda uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot natijasida “ISO 37001:2025” standartiga muvofiq treninglar tashkil etish, o‘quv dasturlarini “O‘zbekneftgaz” ehtiyojlariga moslashtirish va uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
“Biz xalqaro standartlarga rioya qilish, xodimlar bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali shaffof, mas’uliyatli muhit yaratishga intilmoqdamiz. “Cert Academy” bilan hamkorlik bu yo‘nalishdagi muhim qadamdir”, — dedi departament boshlig‘i A. Davlanov.
“Cert Academy” vakillari o‘z navbatida “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Uchrashuv yakunida Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti boshlig‘iga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagani uchun maxsus sertifikat topshirildi.
Ushbu hamkorlik “O‘zbekneftgaz” AJ korporativ boshqaruv va komplayens standartlarini mustahkamlashga, shuningdek, mamlakatimizda shaffof ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi.