Muborak gazni qayta ishlash zavodida amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari
Muborak gazni qayta ishlash zavodida 2024 yilda boshlangan ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish dasturi o‘zining ilk natijalarini bermoqda. O‘tgan yili amalga oshirilgan modernizatsiya jarayonlari energiya sarfini kamaytirishga imkon berdi.
Energiya tejamkor, zamonaviy uch bosqichli raqamlashtirilgan tizimi joriy etilishi natijasida bir yilda bo‘limmani ishlatishda sarf qilinayotgan 21,7 ming kVt.s elektr energiyasi, texnik havo uchun sarflanadigan 405 ming. kVt.s elektr energiyasi iqtisod qilishga erishildi. Shuningdek ma’nan va jismonan eskirgan o‘lchov vositalarini ta’mirlash uchun yiliga qariyib 890 mln.so‘m xarajat iqtisod qilindi.
Umumiy hisobda bir yilda iqtisod qilingan xarajatlarning qiymati 1,254 mlrd.so‘m tashkil qildi.
Hozirgi vaqtda tabiiy gaz tarkibidagi nordon gazlarning (N2S va CO2) yutilishi, shuningdek, Oltingugurtdan tozalash qurilmasi (SOU) texnologik jarayonlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida 21 qurilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, K-1, 2 qurilmalarining eskirgan ichki elementlari zamonaviy yangi nasadkalarga almashtirildi. 14-bo‘linma oltingugurtdan tozalash qurilmalari (SOU) da yangi zamonaviy avtomatlashtirilgan texnologik boshqaruv tizimi o‘rnatildi.
Bundan tashqari, joriy yilning mart oyida 13-, 24-sonli Oltingugurtdan tozalash qurilmalari (K-1,2 SOU-23,24) kalonnalarida eskirgan ichki elementlarni zamonaviy nasadkalarga almashtirish rejalashtirilgan.