May 14

Energetika sohasida ayollar faolligiga e’tibor kuchaymoqda

Ruscha

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston xalqaro energetika forumi doirasida energetika sohasining dolzarb mavzulari qatorida “Ayollarning energetikadagi asosiy pozisiyalari” mavzusiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi.

Unda ayollarning yetakchilik salohiyati, ish va hayot muvozanati, diversifikatsiya va tenglik konsepsiyasi kabi masalalar muhokama qilindi.

Mazkur forumda "Masdar", "UzAssystem" kabi nufuzli kompaniyalardan vakillar qatnashdi.

Energetika sohasida gender tenglikni ta’minlash, ayollar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish, ularning yetakchilik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda strategik qarorlar qabul qilish jarayonlarida faol ishtirokini rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati