Ustozlar hamisha e’zozda
1 oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi barcha korxonalar, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida ham bayram sifatida keng nishonlandi.
Ustozlik maqomiga erishgan xodimlar hamda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni va konsert dasturlari tashkil etildi. Shu bilan birga, ustoz va murabbiylarga ko‘p yillik mehnatlari uchun esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qayd etish joizki, bugungi kunda barcha korxonalarda yosh kadrlarga kasb sir-asrorlarini o‘rgatish maqsadida “Ustoz-shogird” an’anasi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir yosh kadrga malakali xodimlar biriktirilgan. Bayram arafasida ularning samarali ishlab chiqarish amaliyotiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.
Uchrashuvlarda neft va gaz sohasidagi ta’lim-ishlab chiqarish hamkorligi, yosh avlodni malaka oshirishga yo‘naltirishga qaratilgan rejalar ham muhokama qilindi.
Bunday tadbirlar nafaqat ustozlar va murabbiylar mehnatini ulug‘lash, balki barcha xodimlarning bilim va tajribasi qadrlanishini namoyon etadi.