March 6

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti, geologik modellashtirish va analiz bo‘limi bosh mutaxassis lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

• ma’lumoti: Oliy;
• mutaxassisligi: Neft va gaz geologiyasi va geofizikasi;
• tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillari – majburiy (ingliz tilini bilish qo‘shimcha afzallik beradi)
• kompyuter savodxonligi: Mukammal foydalanuvchi (Office: TechLog, Petrel, CorelDraw, Photoshop);
• ish tajribasi: O‘z yo‘nalishida kamida 5 yil;

Mutaxassisga qo‘yiladigan funksional majburiyatlar:

• Uzoq, o‘rta va qisqa muddatlarga mo‘ljallangan, shuningdek yillik uglevodorod xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta hosil qilish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
• Geologik-geofizik ma’lumotlarni dasturiy ta’minotlarda tahlil qilish va natijasi bo‘yicha istiqbolli maydonlar va konlarda izlov-qidiruv va parametrik quduqlarni burg‘ilash joylari va loyihaviy chuqurliklari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
• Kon-geofizika tadqiqolari (GIS) ma’lumotlarini dasturiy ta’minotlar yordamida qayta tahlil qilish va natijasi bo‘yicha kon va maydonlarning geologik tuzmasiga (madeliga) aniqlik kirish;
• Konlarning geologik modelini tuzish, geologo-geofizik ma’lumotlar elektron bazalarini to‘ldirib borish.

Nomzodlar 2025 yil 14 martga qadar ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook