Bo‘sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi
“O’zbekneftgaz” AJ Moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablari:
• Iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi yoki biznes boshqaruvi yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lish. MBA darajasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi;
• Chet ellik mutaxassislar (EKSPATLAR) yoki xalqaro neft-gaz kompaniyalarida (“Shell”, “Saudi Aramco”, “Sinopec”, “PetroChina”, “ExxonMobil”, “QatarEnergy”, “Tatneft”, “Petronas”, “Lukoyl”, “Gazprom”, “SOCAR”, “PetroVietnam”, “Schlumberger” va boshqalar) kamida 5 yillik ish tajribasiga ega O‘zbekiston fuqarolari;
• So‘nggi 10 yil ichida kamida 5 yil davomida yirik kompaniyalarda iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan bo‘lish;
• Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini chuqur bilish;
• Moliyaviy va operatsion xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
• Loyihalarni boshqarish standartlari va metodologiyalarini bilish;
• ERP tizimlarini tushunish;
• Kompaniya byudjetini shakllantirish qobiliyatiga ega bo‘lish;
• Korporativ va moliyaviy strategiyani ishlab chiqish ko‘nikmalari;
• Boshqaruv hisobi va ichki nazorat tizimini joriy etish tajribasi;
• Moliya-iqtisodiy va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini bilish;
• Buxgalteriya hisobi va moliyani boshqarish bo‘yicha normativ va uslubiy hujjatlarni bilish;
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini C1 (ilg‘or) darajada bilish;
• Kompyuterdan (MS Office) ishonchli foydalanuvchi bo‘lish;
• Korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi sertifikatlar mavjudligi ustunlik sifatida baholanadi;
• “Katta to‘rtlik” xalqaro audit va konsalting kompaniyalarida tajriba orttirgan hamda CIMA, • ACCA, CFA, CIA sertifikatlariga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
Vazifalar va funksional majburiyatlar:
• Kuzatuv kengashi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, Boshqaruv qarorlari va rais buyruqlari ijrosini ta’minlash;
• Jamiyatning moliya-iqtisodiy holatini tahlil qilish, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash;
• Kompaniyaga qarashli aksiyadorlik jamiyatlari va tashkilotlar faoliyatini iqtisodiyot, moliya, narx belgilash, raqobat va soliq siyosati sohalarida muvofiqlashtirish;
• Kompaniyaning shartnomalar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarini bajarish, pul oqimlarini maqsadli va muvozanatli taqsimlashni ta’minlash;
• Byudjet, buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarni xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MSFO) muvofiq tayyorlash jarayoniga rahbarlik qilish;
• Xarajatlarni kamaytirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va moliyaviy shaffoflikni ta’minlash;
• Hisob va moliyaviy resurslardan to‘g‘ri foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;
• Jamiyat va uning tarkibiy bo‘linmalarida buxgalteriya hisobi va hisobot yuritishning yagona metodologiyasini ta’minlash;
• Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, aktsiyadorlar va manfaatdor tomonlar manfaatlarini himoya qilish;
• Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hisoblash va to‘lashni ta’minlash;
• Konsolidatsiyalangan hisobotni IFRS standartlariga o‘tkazish va sifatli tayyorlash;
• Kompaniya foydasini oshirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur daromadni ta’minlash;
• Ish haqi fondidan oqilona foydalanish, xodimlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish;
• Mehnatni tashkil etish va kompaniya tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni boshqarish;
• O‘rta va uzoq muddatli strategiya, islohot metodologiyasi va boshqaruv samaradorligini baholash standartlarini ishlab chiqish;
• Eksportni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish;
• Transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish, xarajatlarni kamaytirish va boshqaruv tizimini optimallashtirish;
• Kompaniya investitsiya dasturlarini shakllantirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
• Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish;
• Kadrlarning malakasini oshirish va martaba o‘sishini rag‘batlantirish;
• Kompaniyaning modernizatsiya va diversifikatsiya dasturlarini ishlab chiqish;
• Biznes-rejalar va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;
• Investitsiya siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• Investitsiyalarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Nomzodlar 2025-yil 7-noyabrgacha quyidagi havola orqali ariza va rezyumelarini yuborishlari kerak: https://www.ung.uz/about/vacancy/21/sub/46/1
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +(99871) 207-27-72 (23-36, 25-69)