April 17

Bahor mavsumida 407 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi

Ruscha

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan "Yashil makon" umummilliy loyiha doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalarda ham ishlar jadal suratlarda olib borilmoqda.

Ekilayotgan daraxt ko‘chatlari hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda. Suvsizlik va iqlim sharotiga chidamli gujum, qayrag‘och, saksovul, tuya, katalpa, zarang, shumtol, tut, jiyda va terak kabi daraxt novdalari ekilmoqda.

Joriy yilning 1 martidan boshlab, shu kunga qadar tizimdagi boshqarma va korxonalar tomonidan jami 407 969 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

“Andijon neft bazasi” MCHJ, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va “Ko’kdumaloq-Gaz” qo‘shma korxonasi rejani muddatidan oldin bajarishdi.

Qayd etish joizki, 2024 yilda ham “Bahor va kuz mavsumi” tadbiri doirasida amalda 367 127 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, belgilangan vazifa ortig‘i bilan bajarilgan.

Ekilgan daraxtlar agrotexnik talablar asosida parvarish qilinib, o‘z vaqtida sug‘orish, mineral va organik o‘g‘itlari bilan oziqlantirish ishlari muntazam olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda jamiyat boshqarma va korxonalarda suvdan oqilona foydalanish maqsadida jami 388 ga tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatilgan bo‘lib, 2025 yilda bu ko‘rsatkichni 172,5 ga yetkazish belgilangan.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati