Mahalliylashtirish asosida 9,2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi
O‘tgan yilda "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan mahalliylashtirish dasturi doirasida salmoqli natijalarga erishildi. Jami 14 ta yirik loyiha doirasida 10,2 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ular orasida qishki dizel yoqilg‘isi, yangi turdagi aviatsiya yoqilg‘isi va mahalliy gaz xromatografi kabi muhim mahsulotlar bor.
Joriy yilning yanvar–avgust oylarida esa 16 ta loyiha doirasida qariyb 9,2 trillion so‘mlik mahsulot tayyorlandi. Bu davrda 7 ta yangi turdagi mahsulot va xizmatlar o‘zlashtirildi, shuningdek 9 turdagi mahsulot uchun ishlab chiqarish quvvati kengaytirildi.
2025 yil oxiriga qadar 21 ta loyiha asosida jami 10,3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Ular orasida polipropilen, turbodetander va gaz turbinali dvigatellarni ta’mirlash, yangi turdagi polietilen kompaund kabi yuqori texnologiyali mahsulotlar mavjud.
Ilgari surilgan mahalliylashtirish jarayonlari xalqaro hamkorlikda ham amalga oshirilmoqda:
✅Hindistonning “Rossari Biotech” kompaniyasi bilan MDEA kimyoviy reagentlarini o‘zlashtirish;
✅“Turbogaz Innovative Solutions” bilan turbodetander uskunalarini ta’mirlash;
✅Ozarbayjonning “Saspian Drilling Fluids” kompaniyasi bilan burg‘ulash reagentlarini mahalliylashtirish;
✅“Drill-flot Asia” bilan quduqlarni ta’mirlash uskunalariga servis xizmatlari ko‘rsatish.
✅Rossiyaning "NKZ" kompaniyasi bilan Qashqadaryoda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish;
Mahalliylashtirish nafaqat importni kamaytiradi, balki ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlaydi hamda iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.