February 14

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ ESG tatbiq etish bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar:

• Ma’lumoti: oliy, magistr darajasi qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi;
• Mutaxassisligi: moliya, iqtisodiyot, ekologiya;
• Tillarni bilish darajasi: o‘zbek, rus va ingliz tillari - mukammal;
• Kompyuter savodxonligi: ishonchli kompyuter foydalanuvchisi;
• Investisiyalarni jalb qilish, emissiyalarni hisoblash yo‘nalishlarida malaka oshirganligini tasdiqlovchi sertifikatlar mavjud bo‘lishi lozim.
• Ish tajribasi: moliya-iqtisod, ekologiya yo‘nalishida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan funksional majburiyatlar:

• Moliyalashtirishni jalb qilish doirasida banklar talabiga muvofiq ESG loyihalari bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlash (ingliz tilida);
• Iqlim strategiyasini ishlab chiqish;
• IPCC va GHG Protocol ga muvofiq Scope 1 va Scope 2 emissiyalarini verifikatsiya qilish;
• Ijro nazorati va hujjatlar aylanishi elektron tizimlari bilan muntazam ravishda ish olib borish;
• Jamiyat va uning tasarrufidagi korxonalarda bo‘lim yo‘nalishi bilan bog‘liq munozarali masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatish.

Nomzodlar 2025 yil 20 fevralga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola orqali to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook