April 8

Integratsiyalashgan menejment tizimi tashqi nazorat auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi 

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodining integratsiyalashgan menejment tizimi tashqi nazorat auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Zavodning “ISO 9001:2015”, “ISO 14001:2015”, “ISO 50001:2018” va “ISO 45001:2018” standartlari talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.

“Management Certification” MCHJ kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan audit doirasida korxonaning tarkibiy bo‘linmalari tekshirildi. O‘tgan davrga nisbatan tizimlarning rivojlanishi va takomillashtirilganligi qayd etildi. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish va sifatni boshqarish tizimi hujjatlariga qaratildi.

Audit natijalariga ko‘ra, zavod integratsiyalashgan boshqaruv tizimi sertifikatlarining amal qilish muddatini navbatdagi nazorat auditigacha uzaytirish tavsiya qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, menejment tizimlarining “ISO 9001:2015”, “ISO 14001:2015”, “ISO 50001:2018” va “ISO 45001:2018” xalqaro standartlari talablariga muvofiqligi mahsulotlarning nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham raqobatbardoshligining kafolatidir.

“Buxoro NQIZ” MCHJ matbuot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook