Mutaxassislarga xalqaro toifadagi sertifikatlar topshirildi
“Schlumberger” kompaniyasi bilan amaldagi kelishuvga asosan Modellashtirish markazi xodimlari uchun Olmaota shahrida o‘quv kursi tashkil etildi.
Unda asosiy e’tibor quduqlarda olib boriladigan zamonaviy geofizik tadqiqot ma’lumotlarini Techlog dasturiy ta’minotining maxsus Quanti.Elan plaginida interpretatsiya qilishni o‘zlashtirishga qaratildi.
Tinglovchilar geologik tuzilishi murakkab bo‘lgan konlarda noaniqliklar va risklarni kamaytirishning yangi geofizik karotaj usullari bilan tanishtirildi.
Amaliy mashg‘ulotlarda rivojlangan yirik kompaniyalar tomonidan bajarilgan yuqori aniqlikdagi geofizik karotaj (yadromagnit karotaj, elektron mikroimijer, ko‘p tarmoqli akustik karotaj va boshqalar) ma’lumotlarini mustaqil ravishda interpretatsiya qilish va ularning afzalliklari hamda kamchiliklarini tahlil qilish orqali “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi konlarga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
O‘quv kursi yakunida mutaxassislarga xalqaro toifadagi sertifikatlar topshirildi.