December 10, 2024

“O‘zLITIneftgaz” AJda “Ochiq eshiklar kuni”

Ruscha

Konstitutsiyaning 32 yilligi va Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “O‘zLITIneftgaz” AJda "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.

Tadbirda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim Markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish, yangi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, “O‘zbekiston-2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi qonunlar va xalqaro standartlar haqida so‘z yuritildi.

Qayd etish joizki, "O‘ZLITINEFTGAZ"da korrupsiyaga qarshi faoliyat yuritishda ISO 37001:2016 xalqaro standarti asosida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tashkil etilgan o‘quv-kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 60 nafar xodimga maxsus sertifikatlar tantali topshirildi.

Tadbirda davlat xizmatlarining shaffofligi va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook