September 4, 2023

1810 “Ishonch telefoni” yo‘lga qo‘yildi 

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi amaliy ishlarni samarali tashkil etish hamda xodimlar va fuqarolar bilan aloqa kanallarini yanada rivojlantirish maqsadida respublika bo‘yicha yagona 1810 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Ishonch telefon”ini tashkil etish natijasida Jamiyat korxonalarida salbiy holatlar yuzasidan tezkor xabar berish, xato-kamchiliklarni o‘z vaqtida oldini olish va bartaraf qilish imkoniyati yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJda korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa huquqbuzarliklar haqida quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin:

Ishonch telefon raqami: +(99871) 233-28-88
Qisqa raqamli “Ishonch telefoni”: 1810
Rasmiy veb-sahifa: https://www.ung.uz/against-corruption
Elektron pochta manzili: [email protected]
Telegram bot: @ung_anticorBot.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube