April 8

“Zevarda” konida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik tekshirildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi obyektlarda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” davom etmoqda.

Profilaktik tadbirlarda mas’ul tizimlar shayligi tekshirilib, xodimlarga muhofazalanish usullari o‘rgatilmoqda.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Zevarda” konlar majmuasida ham hamkorlikdagi organlar ishtirokida ishchi-xodimlarga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish choralari o‘rgatildi.

Unda tizim tasarrufdagi obyektlar hamda Qashqadaryo viloyatida joylashgan strategik korxona va tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar obyektlarda zilzila oqibatlarini bartaraf etish, kuch va vositalar shayligini ta’minlash hamda favqulodda holatlarda xodimlarni to‘g‘ri harakat qilish, shuningdek, ikkilamchi talofatlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati