January 31

Zavodning xavfsizlik tizimi yuqori baholandi

Ruscha

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli O‘ta muhim va toifalangan ob’yektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi vakillari “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lishdi.

Dastlab, zavodda ekologik toza sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonlari va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.

So‘ngra zavod yong‘in xavfsizligi tizimi, yoqilg‘i mahsulotlarni saqlash hamda iste’molchilarga yetkazib berilishi jarayonlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, ob’yektda yong‘in sodir bo‘lishini oldini olish va noxush hodisalar ro‘y bermasligi uchun tizimli chora-tadbirlar tashkil etilganiga guvoh bo‘lishdi.

Mutaxassislar tomonidan zavodda qo‘llanilayotgan yangicha yondashuvlar, xavfsizlik va samaradorlikka oid chora-tadbirlar yuqori baholandi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook