Korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ hamkorligida 22 ta korxonada o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ushbu tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari va ishchi xodimlar ishtirok etishdi.
Maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish, faoliyatning ochiqligini ta’minlash va korrupsiyaviy xatarlarning oldini olishga qaratilgan.
Tadbirlarda ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy usullari, davlat va xususiy sektordagi xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari, shuningdek korrupsiyaga qarshi qonunlarning eng yangi talablari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti xodimlari 2024 yildagi maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan 11 oylik davrdagi muvaffaqiyatlar va natijalarni muhokama qilishdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston-2030” strategiyasining korrupsiyaga qarshi bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlari sharhlab berildi. Shuningdek, tadbirda mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi qonunlar va xalqaro standartlar hamda ularning amalga oshirilishi haqida so‘z yuritildi.
Ma’lumki, “O‘zbekneftgaz” AJ 2021 yilda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standartiga muvofiq sertifikatga ega bo‘lgan. 2024 yilda Jamiyat tomonidan ushbu xalqaro standart bo‘yicha qaytadan muvaffaqiyatli tashqi auditdan o‘tkazildi va sertifikat qaytadan taqdim etildi. Ushbu standart korrupsiyaga qarshi kurashishda mutlaqo yangi yo‘nalishlar va prinsiplarni joriy qilishga yordam bermoqda. Shu bilan birga, 18 ta zavod va neft bazalari ham ISO 37001:2016 standartiga muvofiq xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi mas’ul xodimlari ham ishtirok etdilar.
Ular huquqni muhofaza qilish akademiyasidagi maxsus o‘quv-kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan 60 nafar xodimga sertifikatlar topshirdilar.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish, faoliyatning shaffofligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi idoralar bilan yaqin hamkorlik qilish kabi masalalar mustahkamlangan. 2024 yilda ham korrupsiyaga qarshi choralar yanada kuchaytirilib, amaldagi holatlarning nazorati davom ettiriladi.