October 23

Jamiyatning korrupsiyaga qarshi samarali faoliyati namuna sifatida taqdim etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkil etilgan Toshkent Antikorrupsiya forumi sessiyalari o‘z ishini davom ettirmoqda. Ushbu tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJning Moliyaviy va komplayens nazorat departementi rahbari va mas’ul xodimlar ham faol ishtirok etmoqda.

Forum doirasida o‘tkazilgan maxsus sessiyalarda xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning antikorrupsiya idoralari yetakchi mutaxassislari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga “O‘zbekneftgaz” AJning korrupsiyaga qarshi samarali faoliyati namuna sifatida taqdim etildi. Taqdimotda korrupsiyaning oldini olish, unga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar hamda jamiyatda joriy etilgan “komplayens-nazorat” tizimi batafsil yoritildi.

Jamiyat vakillari forum sessiyalarida ishtirok etib, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, hamkorlikni rivojlantirish va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashdilar.

Sessiyalarda olingan bilim va xalqaro hamkorlar bilan o‘rnatilgan aloqalar “O‘zbekneftgaz” AJning komplayens-nazorat tizimi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati