“O‘zbekneftgaz” AJning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tajribasi namuna sifatida o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn seminarda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi muvaffaqiyatli tajribasi taqdim etildi.
Seminarda davlat tashkilotlarining ichki nazorat, komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ul bo‘lgan 300 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.
Tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJda korrupsiyaga qarshi tizimli va samarali chora-tadbirlar, ichki nazoratning samaradorligini oshirish, xodimlar o‘rtasida ma’rifiy ishlar olib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.
Seminar doirasida BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) loyihasi eksperti, latviyalik mutaxassis Strelchenok Yaroslav Pavlovich xalqaro standartlar asosida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, shuningdek, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari haqida ma’ruza qildi.