Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Geologiya departamentining quyidagi 2 ta lavozimga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
• Geologiya ishlarini rejalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi;
• Zaxiralar monitoringi bo‘limi bosh mutaxassisi;
Nomzodlarga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar quyidagilardan iborat:
• ma’lumoti: oliy;
• mutaxassisligi: neft-gaz geologiyasi va geofizikasi;
• tillarni bilishi: o‘zbek, rus va ingliz tillari;
• kompyuter savodxonligi: ishonchli kompyuter foydalanuvchisi (Word, Excel, Power Point, Office, Petrel, TechLog, CorelDraw);
• Nomzodlar neft va gaz sanoati, xususan, geologiya, geofizika, bureniya sohalarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi.
Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:
• Raqamli savodxonlik;
• Analitik va tanqidiy fikrlar;
• Muammoni samarali hal qilish va muloqot qobiliyatlari;
• Moslashuvchanlik va chidamlilik.
Nomzodlar 2024 yil 1 noyabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu havolaga kirib to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.