December 19

“Urga” siquv kompressor stansiyada ta’mirlash ishlari bajarildi

Ruscha

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Urga” siquv kompressor stansiyasini 100-sonli gaz haydash agregatida ishlatilib kelinayotgan “Waukesha” 12V275GL rusumli gazporshenli dvigatelni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Qayta tiklash-ta’mirlash ishlarini o‘tkazish jarayonida gazporshenli dvigatelning tirsakli vali, moy saqlash karterlari, maxovik va dempferlar o‘rnatilish joylari to‘liq ko‘zdan kechirildi. Bir qancha turdagi zichlagichlar almashtirildi, forkamera, svecha va barcha filtrlari almashtirildi, ta’mirlash jarayonida texnik jihatdan murakkab bo‘lgan hisoblashlar o‘tkazilib, sozlash ishlari olib borildi.

Natijada gaz haydash agregatining uzluksiz, bir me’yorda ishlashi ta’minlanishiga hamda tabiiy gaz qazib olish hajmi qisqarishining oldini olishga erishildi. Shuningdek reglament ishlarini bajarish va gaz haydash agregati favqulotda avariyali holatda to‘xtab qolgan vaqtda gaz qisqarishini oldini olish maqsadida qisqa muddatda ishga qo‘shib yuborish uchun zaxira agregati bilan ta’minlandi.

“Urga” siquv kompressor stansiyasida 1-,2-,3- va 4-sonli gaz haydash agregatlarning har birining quvvati kuniga 470 ming kubometrni tashkil etadi. Shuningdek ushbu stansiyaning asosiy vazifasi “Urga” konidan kelayotgan tabiiy gazni samarali qazib olinishiga erishish, past bosimli quduqlardan kelayotgan tabiiy gazning bosimini oshirib, gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga barqaror haydash va istemolchilarga yetkazib berishdan iboratdir.

Ma’lumot uchun: “Urga” siquv kompressor stansiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Mo‘ynoq tumani hududida joylashgan. Stansiyada 4 dona gaz haydash agregati mavjud bo‘lib, yilida 0,5 mlrd kub metr tabiiy gazni haydab berish quvvatiga ega. Stansiya 2014 yilda ishga tushirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook