April 9

Neft va gaz ob’yektlarida nazorat tekshiruvlari o‘tkazildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan ob’yektlarda sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring nazorat tekshiruvlarining 4-bosqichi yakunlandi.

Tadbirlarda Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi, “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ, “O‘zneftgaz burg‘ulash ishlari” MCHJ, “Uz-gas Projects” MCHJ, Ustyurt xarbiylashtirilgan gazdan qutqarish otryadi, “Taxiatosh neft bazasi” MCHJ, “Urganch neft bazasi” MCHJ va ularga qarashli ob’yektlarda sanoat, ekologiya va mehnat xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish holatlari o‘rganildi.

Korxonalarda mas’ullarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlarni namunali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. O‘rganishlar “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi va Ustyurt xarbiylashtirilgan gazdan qutqarish otryadida bu borada belgilangan tartiblarga amal qilinganligini ko‘rsatdi.

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi, gaz, yong‘in, elektr xavfsizligi yo‘nalishlari hamda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va risk bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 41 nafar xodim ogohlantirildi, 19 nafar xodimga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi.

Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini ta’minlash, jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar qilinib, ijrosi yuzasidan mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook