September 13, 2024

"Xon Atlas"  festivali: Milliy meros ulug‘lanadigan tadbir

Ruscha

Joriy yilda O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan "Xon atlas" festivali doirasida "O‘zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi barcha zavod va korxonalarda ham haftalik targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida faoliyat yuritayotgan ayollar jamoasi tadbirda betakror milliy o‘zbek atlas va adrasidan tikilgan rang-barang milliy liboslar bilan ishtirok etdi.

Har bir libos xalqimiz madaniyati, urf-odat va an’analari, madaniy merosini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ularni asrab-avaylash va namoyish etish milliy an’analarga bo‘lgan sadoqatimizni ifoda etadi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodi xodimlari o‘z liboslarida Buxoro va Qashqadaryo mintaqalariga xos milliy naqshlarni aks ettirishdi.

Neft bazalar jamoalarining turli ranglarda milliy matolardan tikilgan liboslardagi ishtiroki tadbirning ajralmas qismiga aylandi.

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ishlayotgan go‘zal ayollar nafaqat o‘zbek liboslari, balki milliy san’at va urf-odatlarga bo‘lgan mehrlarini sahna chiqishlari orqali ham namoyish etdilar.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi ham milliy uslubdagi liboslari bilan festival doirasidagi ko‘rgazmalarda faol qatnashdi.

Ushbu haftalikda xodimlar o‘rtasida birdamlik va milliy g‘urur tuyg‘usini qo‘llab-quvvatlovchi qiziqarli chellenjlar ham tashkil etildi. Har bir boshqarma va zavod jamoalari mazkur chellenjlarda katta ishtiyoq bilan ishtirok etdi.

Ushbu festival nafaqat milliy matolar go‘zalligi va madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan, balki jamoalar o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlashga ham imkon berdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook