Suvni tejovchi texnologiyalarni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Agrobank” ATB boshqaruvi xodimlaridan iborat ishchi guruh Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga qarashli "Qarshitermoplast" sexida bo‘lishdi.
Qayd etish joizki, ushbu sex polietilen quvurlar, ulovchi qismlar ko‘rinishidagi fitinglar, kanistrlar, xo‘jalik yashiklari, alyumokompozit panellar, tomchilab sug‘orish tizimi detallari kabi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Dastlab, ishchi guruh a’zolariga syexning ishlab chiqarish imkoniyatlari, mahsulot turlari, mahalliylashtirishni kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, tomonlar o‘rtasida suvni tejovchi texnologiyalarni loyihalash va joriy etish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Unda klaster va fermer xo‘jaliklarda zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyiha va smeta hujjatlarni tayyorlash, texnologiyalarni o‘rnatib berish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.