January 17

“Uzbekistan GTL” xodimi “El-yurt umidi” jamg‘armasi grantini qo‘lga kiritdi

Ruscha

"Uzbekistan GTL" MCHJ rahbariyati tomonidan xodimlar kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinadi. Korxonada ishlagan va ayni vaqtda Finlandiya, Yaponiya, Avstraliya kabi dunyoning rivojlangan davlatlari nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan xodimlar talaygina.

Zavodning yana bir xodimi, Orol Imomov Buyuk Britaniyaning "University of Strathclyde" universiteti magistratura bosqichiga “El-yurt umidi“ jamg‘armasi grantini qo‘lga kiritdi. U Muhandislik boshqaruvi (MSc Engineering Management) yo‘nalishi bo‘yicha yangi bilimlarni o‘rganib, kelgusida yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan ilmli kadr bo‘lib yetishishiga ishonamiz.

Ma’lumot uchun, "University of Strathclyde" — Shotlandiyaning Glazgo shahrida joylashgan davlat tadqiqot universiteti bo‘lib, 1796 yilda tashkil etilgan. Mazkur oliy o‘quv yurti Times Higher Education tomonidan ikki marotaba "Yil universiteti" deb topilgan yagona universitetdir.

Fursatdan foydalanib, “O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi O.Imomovni ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook