Tabiat va daraxtlarni asrash uchun birlashaylik!
Bugun respublikamizning barcha hududlarida “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
“Xalqaro qog‘ozsiz kun” munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan aksiyadan maqsad qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishdir.
Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati ma’muriy binolarida printerlar faoliyati bir kunga to‘xtatildi. Qog‘ozlar o‘rnini axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga almashtirishni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.
Qayd etish joizki “Xalqaro qog‘ozsiz kun” aksiyasi Axborot va tasvirni boshqarish assosiatsiyasi (AIIM) tomonidan 2016 yilda tashkil qilingan bo‘lib, qog‘ozdan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan.
Assosiatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 1 tonna qog‘ozni tejash yoki qayta ishlash 17 ta daraxt, 26 000 litr suv, 3 kub metr yer, 240 litr yoqilg‘i va 4000 kVt/soat elektr energiyasini “tejab qoladi”.