“Schlumberger” bilan navbatdagi qadamlar belgilab olindi
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2026” ko‘rgazma va anjumani doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov AQSHning “Schlumberger” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Dastlab delegatsiya vakillariga “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv, qazib chiqarishni kengaytirish va raqamli transformatsiya jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muzokaralar davomida Ustyurt hududi bo‘yicha qo‘shma boshqaruv guruhi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan geologiya-qidiruv va kapital ta’mirlash dasturlari muhokama qilindi.
Shuningdek, “O‘zbekgeofizika” AJ faoliyatini modernizatsiya qilish, yagona geologik ma’lumotlar platformasini shakllantirish hamda sun’iy intellekt asosida tahlil va prognoz tizimlarini joriy etish bo‘yicha amaliy takliflarni yanada chuqur o‘rganishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalar ustida ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.