March 20

“Navro‘z” – yangilanish, mehr-oqibat ayyomi

“O‘zbekneftgaz” AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi va Jamiyat tasarrufidagi korxona hamda tashkilotlar hamkorligida “Navro‘z” ayyomi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilib, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.

Bayram kunlarida ko‘makka muhtojlar holidan xabar olish, ularga saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos qadriyatlardan hisoblanadi. Shu sabab barcha korxona va tashkilotlar tomonidan hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 372 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodi tomonidan bayram arafasida yana bir savobli ishga qo‘l urildi. Zavod homiyligida 28 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi. To‘y bolalarga ushbu kundan esdalik sifatida sovg‘alar topshirildi.

Ishchi-xodimlar uchun bezatilgan dasturxonlarga bahoriy taomlar, doshqozonlarda tayyorlangan sumalaklar tortildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook