Ayollar uchun psixologik trening tashkil etildi
"O‘zbekneftgaz" AJda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, siyosiy faolligini oshirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qator ishlar olib borilmoqda.
Markaziy apparatda faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar uchun “Stress-menejment: emotsional hissiyotlarni boshqarishning psixologik usullari” mavzusida trening o‘tkazildi.
Ishtirokchilarga hayot va ishdagi muammolar sababli stressning kelib chiqishi, kasbiy faoliyatda his-tuyg‘ularni boshqarishning amaliy usullari, hissiy toliqishning oqibatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot va tavsiyalar berildi.
Trening interfaol shaklda o‘tkazilib, o‘zini o‘zi boshqarish, ziddiyatli vaziyatlardan chiqish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish bo‘yicha keyslar muhokama qilindi. Shuningdek, emosional intellekt va xodimlarning o‘zini o‘zi rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashqlar o‘tkazildi.
Bunday uchrashuvlar ayollaring korporativ madaniyati va hissiy intellekt ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.