July 7, 2023

2023 yilning yanvar-iyun oylarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha RASMIY MA’LUMOT

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalari zimmasiga joriy yilning yanvar-iyun oylarida 321,6 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejasi belgilangan edi. Amalda esa 341,337 ming tonna ishlab chiqarilib, reja 106,1 foizga bajarildi.

Shuningdek ushbu davr mobaynida Respublika iste’molchilariga 320,788 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish topshirilgan bo‘lib, amalda ushbu ko‘rsatkich 340,207 ming tonnani tashkil etdi.

“Hududgazta’minot” AJ bilan kelishilgan jadvalga ko‘ra, olti oyda 304,448 ming tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berish belgilangan bo‘lsa, amalda ushbu ko‘rsatkich 311,821 ming tonnaga yetkazildi.

Zavod va boshqarmalarda ishlab chiqarilayotgan suyultirilgan gazning kunlik hajmi, “Hududgazta’minot” AJ korxonalariga yuklab berish hamda birja savdolariga chiqarish jarayonlari 24 soat davomida raqamlashtirilgan onlayn tizim orqali nazorat qilib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube