February 28

Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xodimlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

Ruscha

Ta’lim klasteriga kiritilgan ishlab chiqarish korxonalarining bir guruh rahbar kadrlari va xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkazilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi.

Ushbu kurslar davlat rahbari tomonidan imzolangan “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan tashkil etildi.

Malaka oshirish kurslaridan maqsad rahbarlarning boshqaruv ko‘nikmalarini oshirish va xalqaro munosabatlarda muzokaralar o‘tkazish, strategik rejalarni ishlab chiqish, nizolarni boshqarish, samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI) kabi yo‘nalishlardagi bilimlarini mustahkamlashdan iborat.

Mashg‘ulotlarda rahbarlikning zamonaviy metodlari, samarali boshqaruv tizimlari, xalqaro va ichki bozorlardagi trendlar, ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi.

Mazkur kurslar nafaqat kadrlar tayyorlash, balki ularning shaxsiy va professional rivojlanishini ta’minlashga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yuqori samaradorlik bilan amalga oshirishga xizmat qiladi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook