April 25

Buxoro NQIZni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida Aksens kompaniyasi bilan hamkorlik

Ruscha

O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan Buxoro NQIZni modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish orqali Yevro-5 sinfidagi yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishga o‘tish va Yevro-2 sinfidagi AI-80 benzinidan voz kechish belgilandi.

Loyiha orqali 60% va 40% hajmdagi yuqori oktanli AI-92 va AI-95 benzinlarini mos ravishda ishlab chiqarish nazarda tutilgan. 2024-2025 yillarda loyihalashtirish va “Fast-tack” rejimida qurish rejalashtirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish maqsadida texnologik lisenziar — Aksens (Fransiya) kompaniyasi bilan texnologik qurilmalarni loyihalashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Loyihaning texnologik konfiguratsiyasi naftani gidrotozalash yangi qurilmasi, izomerizatsiya qurilmasi va piroliz distillyatini selektiv gidrogenlash qurilmasini qurishni nazarda tutadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasining 2024 yil 22 apreldan 24 aprelgacha bo‘lgan tashrifi doirasida lisenziya shartnomasi, jumladan, kadrlar tayyorlash va texnologiya lisenziari – Aksens bilan loyiha hujjatlari paketini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida Aksens kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2024 yil 24 apreldan 26 aprelgacha bo‘lgan muddatda boshlang‘ich yig‘ilish o‘tkazildi, bu o‘z navbatida texnologik qurilmalarni loyihalashtirish jarayonining boshlanishi hisoblanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook